Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 12-"Mustaqillik" saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyev tashabbusi bilan tumanga investitsiyalarni jalb etish va sanoat salohiyatini oshirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining "999 EPT" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan tog‘-kon sanoatida foydalaniladigan zamonaviy reagentlarni ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, balki yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalliy sanoatni rivojlantirish va tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
🔹Loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xomashyo va mehnat resurslaridan samarali foydalanish rejalashtirilgan.
🔹Deputat J.Xudoyev tomonidan investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, hududda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
🔹Mazkur sa'y-harakatlar Jondor tumanining sanoat salohiyatini mustahkamlash, aholi bandligini oshirish va hududning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2