Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Mazkur o‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi mavjud ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar masalalari yuzasidan fuqarolar hamda mahalla faollarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida mahalla faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, muammolarni joyida aniqlash va ularni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Deputat Sabura Normetova tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Sobirobod mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4