Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDAGI MAVJUD MUAMMOLAR JAMOATCHILIK NAZORATIGA OLINDI

Mazkur uchrashuv “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda mahalla profilaktika inspektori, mas’ul xodimlar va mahalla faollari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hududda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish, mahalla hududlarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollari, profilaktika inspektori, deputatlar va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Mirzo Ulug‘bek mahallasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, hudud tozaligini saqlash va mavjud muammolarni jamoatchilik nazorati asosida hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1