Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi

Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tashaeva Shaxnoza xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka asosan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Umid mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, I. Karimov ko‘chasi 86a-uy oldi tomoni hududida joylashgan gujum daraxtining holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur daraxtning keskin qiyshayib qolganligi, uning fuqarolar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlanib, xavfsizlik darajasi yuqori ekani qayd etildi.

Shu munosabat bilan hududda yashovchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, kutilishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida bunday holatlarni muntazam nazorat qilib borish, yashil hududlardagi daraxtlarning holatini baholash hamda xavfli vaziyatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish ishlari doimiy e’tiborda bo‘ladi
hamda bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2