Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tizimli o‘zgarishlar va ezgu tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor, xolis va haqqoniy yetkazishda sizlarning o‘rningiz beqiyosdir. Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni qaror toptirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda fuqarolar va davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

Qalami bilan haqiqatni himoya qilayotgan jurnalistlar, axborot xizmatlari xodimlari, tele va radio ijodkorlari, fotomuxbirlar, operatorlar, noshirlar, tahririyat jamoalari hamda zamonaviy media makonida faoliyat yuritayotgan barcha soha vakillariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati jamoasi sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, yuksak kasbiy muvaffaqiyatlar va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaydi.

✨ Haqiqat va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!

🎉 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!