Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Charx Kamolon-2” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi va muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan “Charx Kamolon-2” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid muammolar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yechimlar ishlab chiqilib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholini o‘ylantirayotgan masalalarni qonuniy asosda hal etishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tizimli ravishda bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5