Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#haftalik_ishlar_muhokamasi
#haftalik_ishlar_muhokamasi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda haftalik ish rejasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarini tizimli ravishda o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini amaliyotga samarali tatbiq etish, ijro intizomini yanada mustahkamlash va ish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“24 talik tavsiyalar” asosida ishlarni samarali tashkil etish, hududlarda olib borilayotgan faoliyatni yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan fikr almashilib, zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, Kengash faoliyatida ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yakunda belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan amalga oshirish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish va ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash