Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi

Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi

🇺🇿 O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Toshkent shahar va Uchtepa tumani Kengashlari tomonidan Uchtepa tumanida keng ko‘lamli sayyor qabul tashkil etildi.

🇺🇿 Mazkur tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilshod Shoumarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ravshan Fazilov va Durbek Axmedov, mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

📇 Qabul jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoqlar topshirildi, davolanish uchun bepul yo‘llanmalar berildi, ish izlayotgan fuqarolar bandligi ta’minlandi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, maishiy texnika va boshqa zarur anjomlar ko‘rinishida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

↗️ Mazkur xayriya va amaliy yordam tadbirlarini tashkil etishda O‘zLiDeP Uchtepa tumani Kengashi raisi Shahriyor Meyliyev hamda saxovatpesha tadbirkorlar homiylik qildi. Sayyor qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham faol ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish hamda amaliy natijalarga erishishda munosib hissa qo‘shdilar.

🇺🇿 Xususan, deputatlar J.Ismanov, B.Xalmatov, A.Xudayberganov, O.Revtov, S.Dusmuxamedova hamda deputatlik guruhining boshqa a’zolari fuqarolar bilan bevosita muloqot olib borib, ularning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar ijroga olinib, ularning yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

🕯 Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi amaliy yechimlarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 7