35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputatlar, kotibiyat xodimlari va ekspert guruhi joylarda:

Deputatlar, kotibiyat xodimlari va ekspert guruhi joylarda: Uzun tumanida yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Ushbu masala shunchaki qog‘ozda qolib ketmasligi, balki amalda qanday bajarilayotganini tekshirish maqsadida keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, kotibiyat bosh mutaxassisi hamda kengash qoshidagi ekspert guruhi a’zolari tumanimizdagi mahallalar va umumta’lim maktablariga bevosita chiqib, vaziyatni tubdan o‘rgandilar.

Yozgi ta’tilda maktablarda tashkil etilgan sport, xorijiy tillar va AKT to‘garaklarining qay darajada ishlayotgani;

Yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla yoshlarini ommaviy sport musobaqalari va madaniy tadbirlarga jalb etish darajasi;

Ayrim hududlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar.

O‘rganish natijalari, tahliliy ma’lumotlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinadi va tegishli qaror qabul qilinadi.