Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Natalya Shek hamda Zangiota tumani Kengashi deputati Feruza bilan birgalikda Zangiota tumanining “Amir Temur” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi tartiblar asosida tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.

#deputat_faoliyati

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilliligi hamda ularning o‘z vaqtida yetkazilishi holati yuzasidan tahlillar olib borildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

Deputatlar tomonidan ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish, yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook