Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

🇺🇿🇺🇿 Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Z.O‘zbekova, F.Tursunqulov hamda Gaza mahallasidan saylangan deputat H.Allanovlar birgalikda Gaza mahallasida deputatning aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda murojaatlarni ro‘yxatga olish daftari yuritilishi o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar daftari yuritilishi, undagi ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi ko‘zdan kechirildi.
Murojaatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Fuqarolarning murojaatlari bilan samarali ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu yo‘nalishdagi o‘rganish va nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3