Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan Qo‘qon shahar 4-umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari, sinf xonalari, yo‘laklar, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maktab ma’muriyati bilan o‘tkazilgan muloqot davomida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, o‘quvchilarni sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4