Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi navbatdagi kun tartibidagi masala Qo‘qon shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik va kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risida bo'ldi.

Mazkur masala yuzasidan Qo'qon shahar xokimi o'rinbosari A.Ergashevning axborotlari tinglanib, yozgi ta’til davrida yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish, mahallalar va ta’lim muassasalarida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar hamda intellektual o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Dastur doirasida “Zakovat” maktab ligasi o‘yinlari, milliy xalq o‘yinlari musobaqalari, “Quvnoq startlar”, mini-futbol, kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish musobaqalari, ommaviy yugurish va velosiped poygalari, shuningdek “Yoshlar ovozi” hamda “Mohir fortepyanochi” tanlovlarini yuqori saviyada tashkil etish rejalashtirilgani qayd etildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan dastur ijrosini samarali tashkil etish, yoshlarning qamrovini kengaytirish va barcha hududlarda tadbirlarni sifatli o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3