Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
"Yangikent" mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

"Yangikent" mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati A.Ergashevlar “Yangikent” mahallasi hokim yordamchisi bilan birgalikda imtiyozli kredit mablag‘lari asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida oziq-ovqat do‘koni tashkil etgan, avtomobil yuvish shoxobchasini barpo etgan hamda g‘isht ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar bilan uchrashilib, ularning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlar bilan muloqot davomida kredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligi, yaratilgan ish o‘rinlari, faoliyatni kengaytirish istiqbollari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4