Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov oʻz saylov okrugidagi "Sogʼlom" mahallasidagi uylarda issiq va sovuq suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog`liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashdi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov oʻz saylov okrugidagi "Sogʼlom" mahallasidagi uylarda issiq va sovuq suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog`liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashdi.

Aaholini qiynab kelayotgan kommunal sohadagi muammolar, xususan, uy-joylarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Deputat fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglab, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan har bir murojaat nazoratga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi. Bunday muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook