Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H.Qarayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Qaroli” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlikka jalb etish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganishlar jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan tizimli ish olib borilayotgani, xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish yuzasidan qator amaliy ishlar tashkil etilgani qayd etildi.
✔️Shu bilan birga, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✔️Bunday o‘rganishlar mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7