Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat tomonidan yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 4-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining VII-27-79-3-49-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Ravot mahallasida yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari holati hamda yoshlar bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tuman Kengashining VII-27-79-3-49-K/26-sonli qaroriga muvofiq, yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarining sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilgan infratuzilmaviy ishlar hamda ularning amaliy natijadorligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida PQ-153-son qarori hamda tuman Kengashi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, yoshlarning yer maydonlaridan unumli foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4