Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
Xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K. Mamanova va Paxtakor tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari D. Sarabekova hamda mahalla faollari ishtirokida tumandagi xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilishi inobatga olindi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 9