Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Mening bog‘im” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida g‘olib deb topilgan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur loyiha doirasida mahalla hududidagi 7 sotix yer maydonida loyiha qiymati 250 million so‘m bo‘lgan yashil jamoatchilik parkini barpo etish rejalashtirilgan. O‘rganish davomida park qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining holati, hududning infratuzilmaviy imkoniyatlari hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda mahalla obodonchiligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, loyihaning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3