Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Ijtimoiy himoya va inklyuziv yondashuv – deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida deputat F.Homidovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💬 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining amaldagi holati tahlil qilindi.

💬 Xususan, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim M.Saydaliyevaning ish faoliyati o‘rganilib, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

💬 O‘rganish natijalariga ko‘ra, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

🫥 Inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilash Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.