Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Mahalla yettiligi faoliyatidan.

Mahalla yettiligi faoliyatidan.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortojiyevich tomonidan Qadimiy Angor mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi.Tashrif davomida deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mahallaning ijtimoiy muhitini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat davomida mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududni yanada obod qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1