Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat nazorati doirasida yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Bahrombekovich o‘z saylov okrugidagi "Kichik Xirmontepa" mahallasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlar asosida o‘z joyida o'rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish jarayonida, birinchi navbatda, mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati, uning texnik bazasi hamda kompaniya hududi atrofida noxush hidlar tarqalishi yuzasidan bildirilgan shikoyatlar ko‘rib chiqildi. Mazkur holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish maqsadida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga batafsil tekshiruv o‘tkazish va xulosa berish tavsiya etildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi chiqindi yig‘ish shaxobchasi atrofida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani sababli yuzaga kelgan aholi noroziligi ham alohida nazoratga olinib, o‘z joyida o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida tuman "MAXSUSTRANS" DUK mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Natijada, shu kunning o‘zida hududdagi chiqindilar to‘liq olib chiqilib, muammo ijobiy hal qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7