Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ajratilgan foizsiz kreditlar holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Sobirjon Allayarov Saepir mahallasida hokim yordamchisi Ruslan Qurbonov bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda ularga ajratilgan foizsiz kreditlarning maqsadli yo‘naltirilishini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son Farmoniga muvofiq, mahallada 15 ta davlat ta’minotidagi, 28 ta kambag‘al hamda 6 ta kambag‘allik chegarasidagi oila ro‘yxatga olingan.

Joriy yilning iyun oyida 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 30 million 900 ming so‘mdan foizsiz kredit ajratildi. Kreditlar 4 yil muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan berilgan.

Mazkur qo‘llab-quvvatlash choralari oilalarning daromad manbaini yaratish, bandligini ta’minlash hamda ularning mahalla ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mahalla hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Slide 1 of 2