Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
MAHALLADAGI MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

 MAHALLADAGI MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov Kengash huzuridagi ekspert
guruhi a’zolari ishtirokida Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla
yettiligi”, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv
o‘tkazdi.


Bundа asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-
dekabrdagi PF–209-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida mahallada amalga
oshirilayotgan ishlar holatiga qaratildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash,
kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar bilan
manzilli ishlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.


Ochiq muloqot davomida mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklar, infratuzilma
holati, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda
mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada takomillashtirish, har bir
xonadon bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish, aholi muammolarini erta
aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab
berildi.


Uchrashuv davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif
va mulohazalar tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish hamda
ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq
topshiriqlar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi xalq deputatlari tuman
Kengashi nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3