Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat tomonidan bolalar maydonchasi holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.


Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan 18-Guliston saylov okrugi Guliston mahalasi hududida joylashgan bolalar maydonchasining holati yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✔️Mazkur so‘rov saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar hamda deputat tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tayyorlandi.

❗️O‘rganish davomida bolalar maydonchasida o‘rnatilishi belgilangan sport inventarlari va jihozlari to‘liq o‘rnatilmagani, ayrim qurilish-montaj ishlari yakunlanmagani hamda maydonchadagi ba’zi elementlar bolalarning xavfsiz foydalanishiga to‘sqinlik qilayotgani aniqlandi.


📍Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlardan:

🔹 bolalar maydonchasida o‘rnatilishi lozim bo‘lgan sport inventarlari va jihozlarini to‘liq o‘rnatish;

🔹 tugallanmagan qurilish-montaj ishlarini yakunlash;

🔹 bolalar xavfsizligiga tahdid solayotgan kamchiliklarni bartaraf etish;

🔹 maydoncha hududiga zamonaviy rezina qoplama o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

🔹 obyektni amaldagi xavfsizlik va sanitariya talablariga to‘liq muvofiq holatga keltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

hamda mazkur obyekt bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxati, ularni amalga oshirish muddatlari, ishlarning bugungi kundagi holati, kechikish sabablari hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.

Slide 1 of 4