Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan Termiz tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan F. Abjalovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbarining suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Mazkur masala bo‘yicha D. Ermatov tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Slide 1 of 5