Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshkoʻpir tuman boʻlinmasi rahbari R. Ismoilova tomonidan tumandagi “Doʻstlik” bolalar oromgohida yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida oromgoh tarbiyalanuvchilariga “Buyuklar haqida 100 ta dalil”, “Temurbek” turkumidagi asarlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega boshqa kitoblar sovgʻa qilindi. Shuningdek, mazkur asarlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan davra suhbatlari oʻtkazildi.
Muloqotlar davomida yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar bilan kitob mutolaasining shaxs kamolotidagi oʻrni yuzasidan fikr almashilib, yoshlarni Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar hamda barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ezgu maqsadlarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

Slide 1 of 1