Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
#Qonun_393
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan bir hafta avval Amir Temur MFY hududidagi mahalla guzariga tashrif amalga oshirilgan edi. Tashrif davomida guzar hududini yanada obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida hashar tashkil etish rejalashtirilgan edi.
Belgilangan reja asosida mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida hashar uyushtirilib, guzar hududi tartibga keltirildi. Hashar davomida hudud tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi hamda guzar yanada ko‘rkam va fayzli maskanga aylantirildi.

Mazkur sa’y-harakatlar mahallalarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, aholi turmush farovonligini oshirish va hududlarning qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6