Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Tojikqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida aholi
muammolarini o‘rganish va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligini tahlil qilish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat
faoliyati tahlil qilinib, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ehtiyojmand
va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini hal etish
borasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.


Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan muloqot
qilinib, ularning fikr va takliflari eshitildi hamda sohadagi mavjud muammolar
tahlil qilindi.


O‘rganish yakunida aholi murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish,
ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va
tavsiyalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar esa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
kiritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli
vazifalar belgilab berildi.
  

Slide 1 of 1