Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat mahallada xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Muzaffar Ramazonov o‘z saylov okrugidagi “Darband” mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurgan holda fuqarolarning yashash sharoitlari va ijtimoiy ahvolini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan foydalanish darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, fuqaro Temur Majidov xonadoniga tashrif buyurilib, uning oilaviy mehnat faoliyati bilan tanishildi. Suhbat jarayonida xonadon a’zolari asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi, shuningdek, shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Xonadon hududida mevazor bog‘lar tashkil etilgan bo‘lib, yetishtirilayotgan mahsulotlar oila daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fuqarolar bilan muloqotlar chog‘ida ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ayrim muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida mahalla aholisiga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–681-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi.

Xususan, mazkur Qonunning asosiy maqsadi tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3