Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati K.Karimova fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida A.Navoiy mahallasida joylashgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muassasa faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hududning texnik holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini o‘rab turgan beton ustunlarning ayrim qismi jiddiy darajada eskirgani, texnik holati talab darajasida emasligi va avariya holatiga kelib qolganligi aniqlandi.

Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan xavf tug‘dirayotgan mazkur ustunlarning qulab tushish ehtimolini oldini olish maqsadida vaqtinchalik yog‘och tirgaklar bilan mustahkamlab qo‘yilgani kuzatildi. Mazkur holat bolalar va muassasa xodimlari xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab etishi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avariya holatidagi konstruksiyalarni belgilangan tartibda ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda hudud xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga masalani nazoratga olish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat mazkur masalaning ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 4