Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
Aholi bandligi va xotin-qizlar tadbirkorligi deputat e’tiborida.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning daromad manbaini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida O’tabek MFY hududida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi faoliyati o’rganildi.
Tashrif davomida sexda yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Quvonarlisi, mazkur tikuvchilik sexida 20 ta yangi ish o’rni yaratilgan bo’lib, ushbu ish o’rinlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar jalb etilgan. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish va ularning ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishiga xizmat qilmoqda.
Suhbatlar davomida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, faoliyatni yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu kabi tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1