Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Samarqandda “Olmazor tajribasi” asosida yangi rivojlanish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi

Sessiyada shahar hokimining shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari J.Ashurovning mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, Samarqand shahrining turizm va xizmatlar salohiyatini oshirish maqsadida Bog‘dod, Ibn Xoldun, Termiz, Umar Xayyom, Firdavsiy, Ali Qushchi, Sulaymon Buxoriy hamda Mirzo Bedil ko‘chalarida zamonaviy 24/7 faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etiladi.

Dastur doirasida: loyiha ofislari tashkil etiladi;
yangi biznes loyihalar ishlab chiqiladi;

tadbirkorlarga tayyor biznes takliflari taqdim etiladi;

imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi;
yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

turizm va xizmatlar sohasi infratuzilmasi rivojlantiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 33 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi natijasida 60 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 440 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi.

Sessiya yakunida mas’ul tashkilotlarga loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi bandligini oshirish, yangi “o‘sish nuqtalari”ni yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.