Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
#doimiy_komissiya 👥 Yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining tumanda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2026-yilning birinchi choragida o‘tkazilgan xatlovlar natijasida tumandagi 62 ta mahallada 807 nafar ishsiz yoshlar aniqlangan. Ushbu yoshlar davlat rahbari topshiriqlariga muvofiq mas’ul rahbarlarga biriktirilib, ularning qiziqishlari va kasbiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib individual yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan.

Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 807 nafar yoshning barchasi bandligi ta’minlanib, 100 foizlik natijaga erishilgan. Jumladan, yoshlarning bir qismi doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan, tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlar ajratish, subsidiyalar berish, kasb-hunarga o‘qitish, mehnat migratsiyasiga yo‘naltirish hamda ta’limning keyingi bosqichlariga jalb etish ishlari amalga oshirilgan.

Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali amalga oshirilgan ishlar ham alohida ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida 57 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida ularning barchasi daftardan chiqarilgan. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning kontrakt to‘lovlari qoplangan, haydovchilik guvohnomasi olish xarajatlari moliyalashtirilgan hamda muddatli harbiy xizmatga tavsiyanomalar berilgan.

Shuningdek, “Ko‘mak” loyihasi doirasida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilayotgani, bir qator loyihalarga moliyaviy ko‘mak ajratilgani qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

📌 Yig‘ilish yakunida yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, erishilgan natijalarni mustahkamlash hamda bu boradagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1