Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi: “Bo‘ston” mahallasi aholisi muammolari nazoratga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozorov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda Qo‘qon shahar “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 49, 50, 51 va 52-sonli ko‘p qavatli uylar aholisi tomonidan bildirilgan muammolar o‘rin olgan. Fuqarolar tomonidan ushbu uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Qo‘qon Xondizayn” BSK faoliyati yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

Xususan, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklarini asfaltlashtirish masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramay, amaliy ishlar boshlanmagani ta’kidlangan. Shuningdek, aholi vakillari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan muloqot qilishda ham qator muammolar mavjudligini bildirgan.

Deputatlik so‘rovida:
“Qo‘qon Xondizayn” BSK faoliyati va vakolatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berish;
49, 50, 51 va 52-sonli ko‘p qavatli uylar yo‘laklarini asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish muddatlari haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va ijobiy yechim topishi, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan taqdim etiladigan rasmiy javob va ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2