Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov tomonidan shahardagi “Tumar” MFYda bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–407-son, 2016-yil 16-sentyabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ushbu yo‘nalishda yuritilayotgan tegishli hujjatlar holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash holati;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar;
oilaviy nizolar va maishiy zo‘ravonliklar profilaktikasi;
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash amaliyoti;
tegishli hujjatlarning yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida hududdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mahalladagi barqaror ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5