Bugungi uchrashuvda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on , Termiz, Angor, Qumqo'rg'on tumanlari va Termiz shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etishdi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Kengash qarorlarini qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Muhokamalar yakunida viloyat, shahar va tuman Kengashlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan kotibiyat mudirlari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.