Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
#jarayon

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B. Baxovadinov tuman markaziy poliklinikasiga tashrif buyurib, mazkur tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.

🖋Tashrif davomida, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokorlar tomonidan belgilangan davolash jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilgani, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun bepul ajratilayotgan dori vositalarining yetkazib berilishi va ulardan foydalanish holati alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

🔷Shuningdek, deputat tomonidan poliklinika sharoitlari, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, navbatlar tizimi va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ham o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari orqali hududda aholining sog‘ligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tizimdagi muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsad qilingan.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 1