Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
“Turon” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy reyestr nazoratda: Senat qarori va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalishi” asosida muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov “Turon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

💬 Ushbu yig‘ilish va tahliliy jarayon bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Yig‘ilishda aynan Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimi atroflicha muhokama qilindi.

💬 Xususan:
🟢Reyestrga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam, nafaqalar va xizmatlarning haqqoniyligi, shuningdek, belgilangan muddatlarda yetkazilishi;
🟢Ijtimoiy yordamdan foydalanayotgan oilalarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, o‘z-o‘zini band qilish yoki tadbirkorlikka jalb qilish orqali kambag‘allikdan olib chiqish borasidagi natijalar tahlil qilindi.

💬 Muloqot yakunida Kengash raisi D.Normuradova va Kotibiyat mudiri A.Ashurov mahalla faollariga Ijtimoiy reyestr bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish, har bir oilaning ehtiyojini chuqur o‘rganish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq topshiriqlar va amaliy tavsiyalar berdilar.

📌Maqsadimiz — Termiz shahrining har bir mahallasida inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini ta’minlash va kambag‘allikka qarshi kurashda yuqori natijalarga erishishdir!

Slide 1 of 3