Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
“Yulduz” mahallasida tadbikorlik va ijtimoiy mas’uliyat: Deputatlar aholi uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputatlar I.Shatova va X.Fayzullayevlar “Yulduz” mahallasida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasining ““Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Deputatlar dastlab hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishib, tadbirkor tomonidan aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

💬 Mahallada oziq-ovqat do‘koni ishga tushirilgan bo‘lib, tadbirkor nafaqat savdo sifatiga, balki ijtimoiy qulaylikka ham alohida e’tibor qaratgan:

🟢Do‘kon yonida aholi va mijozlar uchun bepul avtomobil hamda velosiped turargohi tashkil etilgan.

🟢Bu kabi tashabbuslar hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬 Deputatlar tadbirkor bilan suhbatlashib, uning kelgusi rejalari va faoliyatidagi masalalar bilan qiziqdilar. Tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy mas’uliyatni his qilgan holda aholi uchun bepul xizmatlarni (turargohlar kabi) joriy etishi boshqa tadbirkorlar uchun ham namuna ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3