Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna hamda deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevnalar tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi.Jumladan, deputatlar Parkent tumani 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda moddiy-texnik bazaning holati bilan yaqindan tanishishdi.O‘rganish davomida musiqa yo‘nalishida foydalanilayotgan cholg‘u asboblari, o‘quvchilarning respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlarda erishgan yutuqlari, o‘quv xonalari, konsert zali, yoritish hamda ovoz kuchaytirish vositalari, sahna liboslari bilan ta’minlanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, madaniyat sohasi xodimlari bilan muassasada faoliyat yuritayotgan amaliy va ijodiy to‘garaklar, yoshlarni
san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Deputatlar tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniy merosimiz hamda qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.Madaniyat muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazorati va o‘rganish ishlari bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 4