Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha belgilangan ishlar yuzasidan nazorat-tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi PQ-343-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning “Barraj” mahallasida umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda aholini markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘iga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar B.Kamalov, M.Ashurov, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rixsitillayev ishtirokida joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, loyihada belgilangan vazifalarning bajarilishi, qurilish materiallarining sifati hamda obyektda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pudratchilar tomonidan belgilangan muddatlarga amal qilinishi ham tahlil qilindi.

🔺Deputatlar qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda bo‘lib, aholi vakillari bilan ham suhbatlashdi. Suhbatlar davomida mazkur loyihaning aholi turmush sifatiga ijobiy ta’siri, sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash hamda atrof-muhit muhofazasini ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlandi.

🔺Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 9