Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Sessiya ishida gaz ta’minoti masalasi tanqidiy muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son qarori ijrosi doirasida 2025-yil yakunlari va 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Isomiddin Sariqboyevning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Biroq deputatlar tomonidan masalaga tanqidiy yondashilib, mutasaddi rahbarning sessiyaga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagani, taqdim etilgan hisobotning to‘liq va qoniqarli emasligi alohida qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan e’tiroz va savollar asosida, Toyloq tumani gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti qabul qilinmadi. Mas’ulga kamchiliklarni bartaraf etib, masalaga chuqurroq yondashgan holda keyingi sessiyada qayta hisobot berish vazifasi yuklatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi