Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”

OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”

Mazkur Qonun yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish jarayonini tartibga soladi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Qonunning asosiy maqsadi:
Yer uchastkalarini olib qoʻyishda qonuniylik va adolatni taʼminlash;
Mulkdorlar huquqlarini kafolatlash;
Kompensatsiya toʻlovlarining shaffof va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash.
Asosiy tamoyillar:
Ochiqlik va shaffoflik;
Adolatli va oldindan kelishilgan kompensatsiya;
Mulkdor roziligi (qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno);
Sud orqali himoya qilish kafolatlari.
Kompensatsiya turlari:
Bozor qiymatiga teng pul mablagʻlari;
Teng qiymatdagi boshqa ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi;
Ko‘chirish va boshqa xarajatlar qoplanishi;
Yoʻqotilgan foyda uchun kompensatsiya.

Muhim tartib:
Yer uchastkasi faqat kompensatsiya toʻliq berilgandan soʻng olib qoʻyiladi;
Mulkdor oldindan yozma ravishda xabardor qilinadi;
Mustaqil baholash tashkiloti jalb etiladi;
Nizolar sud tartibida hal etiladi.
Eslatma: Har bir fuqaro oʻz mulki daxlsizligi va adolatli kompensatsiya olish huquqiga ega.