Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
XALQ MANFAATI HAR NARSADAN USTUN: KENGASH RAISI MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANMOQDA

XALQ MANFAATI HAR NARSADAN USTUN: KENGASH RAISI MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANMOQDA

Aholi farovonligini oshirish, ularni qiynab kelayotgan masalalarga ijobiy yechim topish bugun har bir rahbar va xalq vakilining bosh mezoniga aylangan.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tomonidan tumandagi mahallalarda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan navbatdagi "joyiga chiqqan holda o‘rganish" tadbirlari o‘tkazildi.

Murojaatlarni shunchaki qog‘ozda emas, balki bevosita joyida, muammo egalari bilan yuzma-yuz gaplashgan holda tahlil qilish va aniq choralar belgilashdir.

Mahallalardagi ichki yo‘llar holati, toza ichimlik suvi ta’minoti va elektr energiyasi (transformatorlar yuklamasini kamaytirish va tarmoqlarni yangilash) masalalari bevosita ko‘zdan kechirildi.

Kam ta’minlangan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari va moddiy-ma’naviy ehtiyojlari o‘rganildi.

Har bir fuqaroning shaxsiy muammolari va mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bergan takliflari tinglandi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan aksariyat muammolar joyida hal etildi. Vaqt va qo‘shimcha mablag‘ talab qiladigan murakkab masalalar bo‘yicha Ken gash raisi tomonidan mas’ul tashkilot va soha mutaxassislariga aniq topshiriqlar berildi.