Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Deputat "Turkiston" mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-"Yangi obod" saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig'inida saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan mahalla idorasi qurilishi va unda olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi S.Kenjayevning ish faoliyati o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 9 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 3 nafar fuqaroga subsidiya mablag‘lari berilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3