Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Ta’lim sifati va infratuzilmasi – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova tomonidan saylov okrugiga qarashli Termiz shahrining Farhod mahallasida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati, sinf xonalarini ta’mirlash va yangilash ishlari, maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab uchun ajratilgan sifatli bo‘yoqlar hamda zarur qurilish-ta’mirlash materiallaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar o‘quvchilarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim sohasiga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5