Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Elektr tarmoqlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi

Elektr tarmoqlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📁 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ–81-sonli hamda 2022-yil 11-maydagi PQ–240-sonli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan tizimli monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡ Ana shunday o‘rganishlardan biri Uchtepa tumani elektr tarmoqlari korxonasida o‘tkazildi. Doimiy komissiya raisi Abdushukurov Abdurashid Abdurahimovich tomonidan elektr ta’minoti tizimida korrupsiyaning oldini olish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, aholi bilan ishlash samaradorligi masalalari atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida murojaatlar bilan ishlash amaliyoti, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida inson omilini qisqartirish hamda korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📝 Doimiy komissiya tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, sohaga oid faoliyatda qonuniylik, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7