Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Deputat nazorati

KO‘CHALARNI YORITISH TIZIMI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi “7-Quyun” saylov okrugi deputati Mirzavaliyev Abbos Shavkatovich ishtirokida Quyun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish holati yuzasidan ham deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi asosiy va ichki ko‘chalarda o‘rnatilgan tashqi yoritish chiroqlarining ishlash holati, aholi xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan hududlarning yoritilganlik darajasi hamda qo‘shimcha yoritish vositalariga bo‘lgan ehtiyojlar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar asosida ayrim ko‘chalarda mavjud yoritish tarmoqlarini ta’mirlash, nosoz chiroqlarni almashtirish, qo‘shimcha simyog‘och va energiya tejamkor LED yoritish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur chora-tadbirlar aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, huquqbuzarliklar va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, mahalla hududining obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar vakillariga aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda yoritish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 2