Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Deputat nazorati

YO‘L INFRATUZILMASI BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORAT TADBIRI

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi “7-Quyun” saylov okrugi deputati Mirzavaliyev Abbos Shavkatovich tomonidan Quyun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda hududlarga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla ichki yo‘llarining holati atroflicha o‘rganilib, aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham tahlil qilindi. Xususan, yo‘l qoplamasining eskirishi, ta’mirtalab uchastkalar, transport harakati xavfsizligini ta’minlash holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘l bo‘yidagi muhandislik infratuzilmalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalar o‘rganilib, mazkur hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha yo‘l belgilari o‘rnatish, sun’iy notekisliklar tashkil etish, piyodalar o‘tish joylarini tartibga keltirish hamda svetofor obyektlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi. 

Slide 1 of 2